
"JCh-2026" saralashi. Guruhimizdagi holat bilan tanishing!
"JCh-2026" saralashi "A" guruhi doirasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, KXDR va Qatar o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi va unda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Qirg‘iz Respublikasi - O‘zbekiston bahsida esa vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
So‘nggi bellashuv BAA va Eron o‘rtasida kechdi. Ancha qizg‘in kechgan qarama-qarshilik mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Mundial saralashining 2-tur o‘yinlari yakunlandi. Bugungi uchrashuvlardan so‘ng guruhimizdagi holat bilan tanishing.
Fikrlar