"JCh-2026"da ishtirok etadigan jamoalarning qaydnomasiga nechta futbolchi kiritilishi aniq bo‘ldi

  • 26.03.2026 02:33
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha AQSh, Kanada va Meksika davlatlari Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

OAV ma'lum qilishicha, FIFA bu galgi mundialda ishtirok etadigan jamoalar tarkibida maksimal nechta futbolchi bo‘lishini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, tarkibdagi o‘yinchilar soni 26 kishini tashkil etadi. Mamlakatlar yakuniy terma jamoa qaydnomasini 30 maygacha taqdim etishlari kerak.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston ham o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa "K" guruhida Portugaliya, Kolumbiya hamda pley-off g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!