JCh arafasida Mane jarohat oldi

  • 9 noyabr, 2022, 11:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane Germaniya chempionati doirasidagi "Verder"ga qarshi uchrashuvini (6:1) yakunlay olmadi. Senegallik futbolchi birinchi bo‘limning 20-daqiqasida jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Uning o‘rniga Leroy Sane tushdi.

Afrikalik forvardning jarohati qanchalik jiddiy ekanligi hozircha noma’lum. Yaqin orada Sadio tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 noyabr oyining ikkinchi yarmida boshlanadi.Mane boshchiligidagi Senegal terma jamoasi ilk o‘yinni 21 noyabr kuni o‘tkazadi. Afrika qit’asi vakilining raqibi Niderlandiya bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!