
JCh saralashi. So‘nggi daqiqalarda uchta gol urgan Saudiya peshqadamlikni saqlab qoldi
Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Singapur hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga etdi. Unda saudiyaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Hisob 83-daqiqada Salim Al-Dovsari tomonidan ochildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Faxad Al-Muvallad oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Solih Ash-Shexri hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 17 taga etkazib olgan "sahro lochinlari" peshqadamlikni mustahkamladi. 4-pog‘onadagi Singapur hisobida 7 ochko mavjud.
Fikrlar