Jek Maddalenaning murabbiyi: "Iliya Topuriya Della bilan jang qilish haqida o‘ylamasa ham bo‘laveradi"
UFC chempioni Jek Della Maddalenaning murabbiyi Ben Vickers engil vazn amaldagi kamar sohibi Iliya Topuriya haqida fikr bildirdi.
"Iliyaning bo‘yi ham men bilan teng, ya’ni ancha kichik. Shu bois, u engil vaznda qolishi kerak. Yuqoriga ko‘tarilib, Jek bilan jang qilish haqida o‘ylamasa ham bo‘laveradi", — dedi Vickers "Submission Radio" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya MMA dagi faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Maddalena esa 20 ta bahsdan 18 tasida g‘alaba, 2 tasida mag‘lubiyat qayd etgan.



Fikrlar