
Jeko "Roma"ni chorak finalga olib chiqdi (video)
Avval xabar berganimizdek kecha UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Italiyaning “Roma” hamda Ukrainaning “Shaxtyor” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 52-daqiqasida Edin Jeko tomonidan kiritilgan yagona gol rimliklarga g‘alaba keltirdi. Ukrainada kechgan o‘yinda 2:1 hisobida mezboblar g‘alaba qozongan bo‘lsalarda, “bo‘rilar” safardagi gol evaziga chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar