Jeksonni 3 ta nomdor klub o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida

  • 22.08.2025 11:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hujumchi Nikolas Jekson "Chelsi"ni yozgi transferlar oynasida tark etishi aniq bo‘lib ulgurgandi. 

Insayder Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, so‘nggi 48 soat ichida senegallik futbolchi uchun "ko‘klar"ga "Bavariya" hamda "Nyukasl" taklif bilan chiqqan. 

Bundan tashqari, uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istayotgan klublar orasida "Aston Villa" ham bor. Uning transferiga shaxsan Unai Emerining o‘zi qiziqish bildirmoqda. Emeri Jeksonga "Vilyarreal"da ustozlik qilgan. 

Ma’lumot uchun, Jeksonning "Transfermarkt" portalidagi qiymati 50 million evroni tashkil qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!