
"Jenoa" bosh murabbiyi "Benevento"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Italiya chempionati 13-turida "Jenoa" mehmonda "Benevento" bilan bahs olib boradi. Genuyaliklar ustozi Rolando Maran o‘yin oldi matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, buni "Milan"ga qarshi o‘yinda ham ko‘rsatib bo‘ldik. Endi esa boshlagan yo‘limizda davom etishimiz kerak.
"Fiorentina" va "Milan"dan ochko tortib oldik, "Yuventus"ga ham etarlicha qarshilik ko‘rsatdik, kelasi o‘yinlarda ham mana shunday ruhda davom etishimiz kerak bo‘ladi. Oldinda bizni katta jamoalarga etarlicha bosh og‘riq bo‘ladigan klub kutib turibdi, biroq biz ushbu bahsda ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak.
Nihoyat, hujum chizig‘ida ham o‘yin davomida o‘zgarishlar qilishim mumkin. Bu esa bizga qo‘shimcha kuch beradi. Pandev qaytdi, Dzappakosta jamoa mashg‘ulotgarida ishtirok etdi va u ham bir necha daqiqa maydonda to‘p surishi mumkin, - deydi Maran.
Fikrlar