"Jenoa" klubi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani

  • 12 fevral, 2021, 23:05
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionati 22-turida "Torino" - "Jenoa" bellashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Tecno

Uchrashuvdan oldin jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi va unda genuyaliklar ustozi Davide Ballardini o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda gazzetta.it nashri xabar berdi.

"Jenoa"ning keyingi bellashuv uchun qaydnomasi e’lon qilindi (Foto)

gettyimages-954412980-630x415

- "Torino"ga qarshi o‘yin? Biz bu bellashuvga barcha uchrashuvlardagi kabi qaraymiz. Jamoa doimgi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi.

Men qiyin bahs bo‘lishini kutyapman. Raqib texnik va jismoniy tomondan yaxshi tayyorgarlikka ega. Davide Nikola kelgach, "Torino" futbolchilarining harakatlarida o‘zgarish qilmoqda. Ular barqarorlikka e’tibor qaratmoqda. Biz ham ushbu o‘yinga yaxshi hozirlik ko‘rdik hamda mashg‘ulotlarda doimgidek ishladik.

"Jenoa" futbolchilari "Torino" bosh murabbiyi Davide Nikolani yaxshi bilishi ertangi bahsda ularga qo‘l keladimi? Men bunday deb o‘ylamayman. Chunki barcha o‘zgaradi. U ham o‘zgarishlar qilganligi aniq. Shu bois ertaga qiyin o‘yin kutyapman, - dedi Davide Ballardini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sharipov Marat
13/02/2021 00:37
Италия чемпионати 22-турида "Торино" - "Ювентус" беллашуви бўлиб ўтади. Ўйин эртага Тошкент вақти билан 19:00да бошланади. Ювентус ми ёки Дженео ми аникро ёзила