"Jenoa" posboni: COVID-19 laboratoriyada tayyorlanganiga aminman
Hamyurtimiz Eldor Shomurodovni xarid qilgan "Jenoa" klubining darvozaboni Mattia Perin koronavirus kasalligi haqidagi fikrini bildirib o‘tdi.
"COVID-19 laboratoriyada yaratilganiga aminman. U hayvonlardan yuqmagan. Ushbu virus unchalik xavfli emas, deb aytadigan yoki uning mavjudligini inkor etuvchi insonlarni umuman tushunib bo‘lmaydi.
Men qo‘rqamanmi? Biz sportchilar tanamizni doim mukammal holatda bo‘lishini ta’minlash uchun harakat qilamiz. Shunday ekan, qo‘rquvga o‘rin yo‘q.
Shikastlanish kasallik bilan bir xil narsa emas. Ikkisi har jihatdan turli narsalardir. Kasallik bu juda yoqimsiz, u noma’lum dushmanga o‘xshaydi," - dedi Perin.
Avvalroq, 27 yoshli darvozabon koronavirus kasalligini engib o‘tgan edi. Uning transfer huquqi "Yuventus"ga tegishli bo‘lib, "Jenoa"ga ijaraga berilgan.

Fikrlar