"Jenoa" rahbariyati bosh murabbiyga so‘nggi imkoniyatni bermoqchi

  • 10 dekabr, 2020, 14:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" ustozi Rolando Maran davralar oralig‘ida jamoa boshqaruvidan ketishi mumkin.

Tecno

Genuyaning mahalliy nashrlariga ko‘ra, klub rahbariyati murabbiyning kelajagini jamoaning keyingi to‘rt turda qayd etadigan natijalariga qarab hal qilmoqchi.

Eldor Shomurodov to‘p surayotgan "Jenoa" yangi yilgacha "Yuventus" va "Milan"ni o‘z maydonida qabul qiladi, keyin "Benevento" va "Spetsiya"ga safar qiladi.

Italiya chempionatining ortda qolgan 10 turidan so‘ng genuyaliklar turnir jadvalida 6 ochko bilan 19 o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!