“Jenoa” Shomurodovga raqobatchi olib keldi

  • 3 oktabr, 2020, 14:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Eldor Shomurodovni transfer qilgan “Jenoa” hujum chizig‘ida raqobatni kuchaytirish uchun yana bir futbolchini olib keldi.

Genuyaliklar “Sassuolo” hujumchisi Janluka Skamakkani joriy mavsumning oxirigacha ijaraga oldi. 21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni ham ijarada o‘tkazib, V Seriya vakili “Askoli” safida o‘ynadi. Janluka 22 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini to‘qqiz marotaba ishg‘ol qildi.

Ayni paytda “Jenoa” tarkibidagi hujumlar soni etti nafarga etdi. Ulardan faqat ikki nafari – Janluka Skamakka va Mattiya Destro italiyalikdir. Qolgan besh nafar hujumchilardan Eldor Shomurodov O‘zbekiston, Goran Pandev Makedoniya, Klaudio Spinelli Argentina, Marko Pyatsa Xorvatiya va Joel Asoro Shvetsiyadan kelgan.

Yangi mavsumda “Jenoa” hujumchilaridan Pandev, Destro va Pyatsa ikkitadan uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini bir marotabadan ishg‘ol qilgan.

Eldor Shomurodov “Jenoa”dagi ilk mashg‘ulotini 5 oktyabr kuni o‘tkazadi. A Seriyadagi debyutini 19 oktyabrda “Verona”ga qarshi o‘tkaziladigan safar uchrashuvida nishonlashi kutilmoqda.

O‘runovning jamoadoshi Shomurodov ortidan Italiyaga ketishni istamoqda

Shomurodov “Jenoa” bilan shartnoma imzoladi va qachon debyut qilishi aniq bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!