O‘runovning jamoadoshi Shomurodov ortidan Italiyaga ketishni istamoqda

  • 3 oktabr, 2020, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolida premer-ligadan kuchli beshlik mamlakatlari chempionatiga yo‘l olish kam kuzatiladigan holat. Biroq, yakunlanish arafasida turgan joriy transfer bozorida Italiya A Seriyasi vakillari rus klublaridan futbolchi ola boshlagani boshqa o‘yinchilarning ham ishtiyog‘ini oshirmoqda.

Tecno

“Spartak” yarim himoyachisi Roman Zobnin ham kuchini kuchli chempionatlarda sinab ko‘rishni istayotganini yashirmadi.

- Agar menga chorlovlar kelsa, hatto o‘sha “Atalanta” chaqirsa ham, rad javobini bermasligim aniq. Lekin hozir “Spartak” bilan shartnomam bor. Agar hammasi o‘xshab qolsa, men qarshilik qilmayman. Qo‘pol qilib aytganda, meni 5 million evroga hech kim sotmaydi. 10 million evroga esa, hech qaysi klub olmaydi. Chunki ular besh millionga xuddi men kabi, hatto yoshroq o‘yinchini olish imkoniga ega, - dedi Zobnin.

23141157.763307.8061

Ma’lumki, yaqinda “Lokomotiv” etakchisi Aleksey Miranchuk “Atalanta”ga, “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!