Jerrardni APLga qaytarishmoqchi

  • 10 noyabr, 2021, 19:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Glazgoning "Reynjers" klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard "Aston Villa"ni boshqarishi mumkin.

Jurnalist Xamish Azul o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, Jerrard "Aston Villa" tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylanadi. Biroq bu boradagi eng asosiy omil uning premer-ligada ishlashga xohish bildirishida.

41 yoshli Jerrard qo‘l ostida "Reyndjers" o‘tgan mavsum Shotlandiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Unga APL begona emas. Stiven "Liverpul" safida uzoq yillar to‘p surgan va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!