Jeyk Pol: "Bu jang Entoni Joshua va Aleksandr Usik to‘qnashuviga o‘xshab ketadi"

  • 17.12.2025 17:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikalik bokschi-bloger Jeyk Pol britaniyalik Entoni Joshua bilan bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

"Menimcha, mahorat jihatdan Entonidan yaxshiroqman. Uning uslubi juda oddiy. Joshua shu paytga qadar faqat o‘zining gabariti va kuch evaziga g‘alabalarga erishdi. Ammo bu jihatlar teng bo‘lganida mahorat o‘z so‘zini aytadi. Buni Entoni va Aleksandr Usik o‘rtasidagi bahsda ko‘rgan edik. O‘ylaymanki, bizning jangimiz ham shunga o‘xshash bo‘ladi", - dedi Jeyk X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirilgan videoda.

Eslatib o‘tamiz, Pol va Joshua o‘rtasidagi to‘qnashuv 20 dekabr kuni Mayamida (AQSh) o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!