
Jeyk Pol: "U men jang qilgan eng zaif bokschi"
Mashhur amerikalik bloger va bokschi Jeyk Pol sobiq UFC jangchisi Neyt Diazga qarshi jangini esladi.
"Neyt Diaz - men bilan jang qilgan eng zaif bokschi. U menga zarba berganida, men deyarli kula boshladim. Men jang qilgan bokschilar orasida uning zarbalari eng kuchsizi edi", - deya Polning so‘zlarini keltiradi Boxing Social.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Pol(9-1, 6 KO) hakamlarning yakdil qarori bilan Diaz(0-1)ni mag‘lub etgandi.
Fikrlar