
Jezus Neymarning qaysi rekordini yangiladi?
"Manchester Siti" klubi forvardi Gabriel Jezus kecha EChL guruh bosqich so‘nggi turidan o‘rin olgan “Dinamo” Zagrebga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi va hamyurti Neymardan o‘zib ketdi.
Gap shundaki, Jezus Chempionlar ligasida 10 ta gol urgan eng yosh braziliyalik futbolchiga aylanib oldi. Shu kuni u 22 yosh 252 kunlik edi.
Bu boradagi avvalgi rekordchi hisoblangan Neymar esa ushbu natijani 23yosh 75 kunligida uddalagan.
Ma’lumot uchun, Jezus “Manchester Siti” safiga 2017 yil Braziliyaning “Palmeyras” klubidan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar