Jiddiy jarohat olgan Berdiev mashg‘ulotlarga qaytdi (Foto)

  • 14 yanvar, 2021, 16:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari Toshkent shahrida mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini davom ettirmoqda. Mashg‘ulotlarda bugun xursandchilik holati kuzatildi.

Tecno

Bu haqda klub matbuot xizmatining xabar berishicha, qo‘qonlik muxlislarning sevimli futbolchisi Suhrob Berdiev uzoq davolanishdan so‘ng, jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Esingizda bo‘lsa, Berdiev o‘tgan mavsumning 21-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – AGMK uchrashuvida oyog‘idan jiddiy jarohat olib safdan chiqqan edi. To‘g‘ri, Berdiev hali asosiy guruh mashg‘ulotlarida to‘liq ishtirok etgani yo‘q. Shifokorlar hozircha, futbolchiga yugurish uchun ruxsat bermadi, u yakka tartibda tiklanish mashqlarini bajarmoqda. Futbolchi bosqichma-bosqich mashg‘ulotlarni murakkablashtirib boradi. Asosiysi, Berdievning jamoa safiga qo‘shilgani bo‘ldi.

photo_2021-01-14_05-31-18

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!