
Jiru Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru xalqaro faoliyatini qachon yakunlamoqchiligini aytdi.
“2020 yildagi Evropa chempionati men uchun Frantsiya terma jamoasidagi so‘nggi musobaqa bo‘ladi. Shundan so‘ng men yoshlarga o‘rin bo‘shatish kerak deb hisoblayman”, - deydi Jiru.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Jiru Frantsiya terma jamoasi safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 85ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 32ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar