
Jiru "Milan"da qaysi raqamda o‘ynaydi?
Tajribali hujumchi Olive Jiru “Milan”ga o‘tish arafasida turibdi. Tez orada tomonlar ikki yillik mehnat shartnomasini imzolaydi.
E’tiborlisi, jamoa muxlislari frantsiyalik hujumchi libosi uchun klub rasmiy saytida oldindan buyurtma berish imkoniyati paydo bo‘lib ulgurdi. Unga ko‘ra, Olive Italiya grandi tarkibida 9-raqam ostida o‘ynaydi.
Jiru “Milan”ga “Chelsi”dan ko‘chib o‘tadi. Futbolchining transferi uchun italiyaliklar "aristokratlarga" bir million evro to‘laydi.
Jiru London jamoasi safida 2018 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan vaqt mobaynida jami 119 ta uchrashuvda qatnashib, 39 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar