
Jiru: "Milan"ning yana "taxt"ga qaytadigan payti keldi"
"Milan" hujumchisi Olive Jiru A Seriyadagi chempionlik uchun kechayotgan raqobat haqida fikr bildirdi. Aytishicha, u xuddi Shevchenko singari skudetto g‘olibi bo‘lishni istaydi.
"Skudetto - mening bolalikdagi orzum. To‘g‘ri, avvaldan "Arsenal"ga muxlislik qilganman. Biroq "Milan"ga ham befarq bo‘lmaganman.
Ayniqsa, Shevchenkoning o‘yinlarini kuzatish men uchun yoqimli jarayon edi. Men u kabi A Seriyada chempion bo‘lishni istayman.
Hozir "Inter" ham, "Yuventus" va "Napoli" ham tez-tez ochko yo‘qotmoqda. Biz bundan foydalanishimiz kerak.
Bizda yosh va tajribali futbolchilardan iborat ajoyib tarkib shakllangan. Menimcha, "Milan"ning yana "taxt"ga qaytadigan payti keldi", - dedi frantsiyalik hujumchi.
Fikrlar