Jizzax shirinliklari dunyoni qanday zabt etmoqda?
Deya brendining tarixi 1994‑yilda boshlangan. O‘shanda institutning birinchi kursida o‘qiyotgan yigit 12 kv.metrli kichkina xonada oddiy rus pechida non pishirishni boshlagan. Ikki yildan so‘ng ilk xamirqoruvchi mashina paydo bo‘ldi, 1998‑yilda esa ishlab chiqarish butunlay qandolat mahsulotlariga yo‘naltirildi.
Bugungi kunda Deya – O‘zbekistonning eng yirik qandolat xoldinglaridan biri. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish quvvati oyiga 1700 tonnani (yiliga 20 400 tonnadan ziyod) tashkil etadi, assortimentda esa 150 dan ortiq turdagi mahsulotlar mavjud – pechenyelar va vaflilardan tortib, konfetlar va kruassanlargacha.
Xalqaro eʼtirof
2026‑yilda Deyaning Apachi batonchigi Bryusseldagi Xalqaro Ta'm Instituti tomonidan topshiriladigan nufuzli xalqaro Ajoyib ta’m mukofotining ikki yulduziga sazovor bo‘ldi. Ushbu mukofot mahsulotlarning taʼm sifatini ko‘r-ko‘rona degustatsiya asosida baholaydi – hakamlar hay’ati tarkibidagi oshpazlar va ekspertlar na brendni, na mahsulot ishlab chiqarilgan mamlakatni bilishadi. Bu esa o‘zbek shirinliklarining jahonning eng yaxshi namunalari bilan raqobatlasha olishining isbotidir.
Texnologiyalar va sifat
Fabrikada Deya uchun maxsus ishlab chiqilgan, yetakchi turk va yevropalik ishlab chiqaruvchilarning 11 ta ishlab chiqarish liniyasi ishlaydi. Korxona ISO 22000 standarti bo‘yicha sertifikatlangan bo‘lib, har bir texnologik bosqich o‘zining sinov laboratoriyasi tomonidan nazorat qilinadi. 2022‑yilda “Iruskon” korxonasi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida ishga tushirilgan – o‘sha paytda O‘zbekiston Prezidenti tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot sifatiga yuqori baho bergan.
Eksport va rejalar
Hozirgi kunda Deya mahsulotlari nafaqat O‘zbekiston bo‘ylab, balki yaqin va uzoq xorijdagi 15 ta davlatda sotilmoqda. Kompaniya rejalarida ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kengaytirish – bu esa mahsulot hajmini sezilarli darajada oshirish, eksport ulushini ko‘paytirish va yuzlab yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Deya xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash va o‘zbek shirinliklarini yangi pog‘onaga ko‘tarishda davom etmoqda.
Brend falsafasi
Deya – bu shunchaki shirinliklar emas. Bu “shirin uyg‘unlik” – odamlarga quvonch va iliqlik baxsh etuvchi narsa. Brend o‘z ilhomini o‘zbeklarning asrlik mehmondo‘stlik an’analaridan oladi, biroq yangiliklarni dadil qo‘llaydi. Kompaniyada aytishganidek: “Ildizlar an’analarda, nigoh kelajakda”.
Deya isbotlaydiki o‘zbek shirinliklari nafaqat mazali, balki jahon miqyosida raqobatlasha oladi. Va bu ulkan shirin tarixning faqat boshlanishi.

Фикрлар