Jo Rogan: "Islom Maxachevning darajasi Xabib Nurmagomedovnikidan yuqoriroq"

  • 02.01.2026 13:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ning taniqli sharhlovchisi Jo Rogan yarim o‘rta vazn toifasida promoushanning amaldagi chempioni Islom Maxachevning MMA afsonasi Xabib Nurmagomedovdan ustunligini aytdi.

Tecno

"Xabib, shubhasiz, barcha davrlarning eng buyuk jangchilaridan biri. Biroq Nurmagomedov va Maxachev o‘rtasidagi farq shundaki, Islom zarba berish texnikasi bo‘yicha elita jangchisi hisoblanadi. Xabib haqiqatan ham yaxshi pozitsiyaga ega, ammo Maxachev Aleksandr Volkanovskini boshiga tepib, nokautga uchratdi - Xabibning arsenalida bunday holat bo‘lmagan. Islom raqibini "stoyka" da, parterda nokaut qilishi yoki bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etishi mumkin. Shu bois Maxachev bir pog‘ona yuqoriroq", - dedi Rogan.

Eslatib o‘tamiz, Xabibning professional MMAdagi rekordi 29-0. Maxachevniki esa 28-1.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!