
Jo Xart “MYu”da faoliyatini davom ettirishi mumkin
“Manchester Siti” klubi darvozaboni Jo Xart faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin.
The Independent nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, “Torino”da ijara asosida to‘p surayotgan posbon o‘z uyi joylashgan Manchester shahriga qaytishni istamoqda. “Man Siti”da futbolchini asosiy tarkibga qo‘shmayapti va uni 17,5 million evroga sotishga tayyor.
Biroq “shaharliklar” ashaddiy raqibidan futbolchi uchun qancha so‘rashi ma’lum emas. “MYu” yozda David de Xea jamoani tark etadigan bo‘lsa, Xart variantini o‘rganib chiqadi. “Qizil iblislar”ning ro‘yxatiga shuningdek, “Atletiko” darvozaboni Yan Oblak ham bor.
Fikrlar