
Jomboydagi ko‘pkari bahslarida g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi
Jomboy tumanida o‘tkazilgan ko‘pkari musobaqasida g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligiga qarashli "Jomboy tongi" gazetasi xabar tarqatdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston chavandozlari o‘rtasidagi ko‘pkari musobaqasida yurtimiz polvonlari 3:2 hisobida g‘olib bo‘ldi.
Jizzaxlik Orif Shodiyorov bosh sovrin – “Chevrolet Lacetti” avtomobilini qo‘lga kiritdi. Polvon ushbu yutuqqa payariqlik Elyor Boymatovning “Panterra” laqabli qorabayir otida sazovor bo‘ldi.
Fikrlar