
Jonatan Ta: "Bavariya" keyingi uchrashuvlarga to‘liq tayyor"
Myunxenning "Bavariya" klubi yangi futbolchisi Jonatan Ta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Oklend Siti" ustidan 10:0 hisobida qozonilgan yirik g‘alaba haqida fikr bildirdi:
"Turnir uchun ajoyib start. Ayrim vaziyatlarda yanada yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi, ammo umumiy hisobda hammamiz xursandmiz. Raqibga bo‘lgan hurmat bilan birga tushunamiz – keyingi o‘yinlar ancha og‘ir kechadi. "Bavariya" bu bellashuvlarga tayyor" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi germaniyalik fulbek.
Myunxenliklar keyingi uchrashuvini 21 iyun, shanba kuni Argentinaning "Boka Xuniors" klubiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuv esa Toshkent vaqti bilan 06:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar