
Jo‘rabekov "Navbahor"dan ketdi
“Navbahor” tarkibida ham o‘zgarishlar yuz berayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Qishki yig‘inni o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketgan jamoani tark etayotgan futbolchilar ham bor.
Jumladan, himoyachi Shahboz Jo‘rabekov jamoa bilan birga Turkiyaga ketmadi. Chunki u yangi mavsumni boshqa klubda davom ettiradigan bo‘ldi.
Yaqinda uning o‘zi Sports.uz saytiga bergan intervyusida “Navbahor”ni tark etish arafasida ekanini aytgandi. Endilikda hammasi hal bo‘ldi va u klubni rasman tark etgani oydinlashdi. U o‘tgan yili "Navbahor" safida (Superliga va Kubok bahslari) 18 ta uchrashuvda maydonga tushib 1 ta gol urdi.
Futbolchinig faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi tez orada ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar