
Jo‘ralar, tezda “Chelsi”dan ketmasak bo‘lmaydi!
“Chelsi”ning uch nafar futbolchisi qishki transferlar davrida London klubini tark etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda taniqli insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko‘ra, Karni Chukvuemeka, Ben Chiluell va Chezare Kazadei o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.
Bosh murabbiy Entso Mareska bu futbolchilarning birortasini Angliya Premer-ligasida bir daqiqa bo‘lsa ham o‘ynatgani yo‘q.
Kazadei va Chukvuemeka Konferentsiyalar ligasi va Angliya Ligasi kubogi turnirlarga jalb qilindi. Bir paytlar himoya etakchisi bo‘lgan Chiluell Liga kubogida bitta o‘yin o‘tkazdi xolos.
Kazadei Italiya chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda. 21 yoshli futbolchiga A Seriyaning bir necha klublari ish berishga tayyor.
Chukvuemeka va Chiluell esa, qisqa fursatda o‘zlariga mos keladigan jamoa topishlariga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar