
Joriy mavsumdagi "el-klasiko"larda hatto durang qayd etilmadi, barchasida bir tomon g‘alaba qozongan!
Bugun tunda La Liga 32-turidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda madridliklar 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mazkur to‘qnashuv jamoalar ishtirokidagi joriy mavsumning so‘nggi "el-klasiko"si edi. Shu tariqa, "Real" 2023/2024 yilgi mavsumda "Barsa" bilan kechgan 3 uchrashuvning hammasida zafar quchdi.
Ikkita La Liga hamda bitta Ispaniya superkubogi doirasidagi o‘yinlarda Karlo Anchelotti shogirdlari g‘alabani tantana qilgan, to‘plar farqi - 9:4!
Fikrlar