Jorje Mendesh mashhur mijozlaridan biriga jamoa qidirmoqda

  • 11.04.2020 20:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning agenti Jorje Mendesh mijoziga yangi jamoa qidirmoqda.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Mendesh kolumbiyalik futbolchining xizmatlarini "Yuventusom" va "Manchester Yunayted" kabi grand klublarga taklif qilmoqda.

Bundan avvalroq esa Xames uchun "Everton" va "Napoli" ham da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning ayni damdagi transferi esa 32 mln evroga baholanmoqda.

Xames joriy mavsum “Real” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!