Jorje Mendesh: "Yamal hali ko‘p "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi"

  • 23 sentabr, 15:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur futbol agenti Jorje Mendesh "Barselona"ning 18 yoshli forvardi Lamin Yamalning kelajagi porloq ekanini ta’kidladi.

Tecno

"Yamal hali ko‘p bora "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi", – deya iqtibos keltiradi "El Chiringuito TV" Mendeshning so‘zlarini.

Eslatib o‘tamiz, Yamal joriy yildagi ovoz berish natijasiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi. "Oltin to‘p" egasi esa PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele bo‘ldi.

Uchinchi o‘rinni PSJning portugaliyalik yarim himoyachisi Vitinya egalladi. To‘rtinchi o‘rin "Liverpul" forvardi Muhammad Salohga nasib etdi. Beshinchi pog‘onada esa "Barselona" vingeri Rafinya joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!