Jorjina Rodriges Ronalduni Oʻzbekistonga urgan gollariga qanday munosabat bildirdi?

  • 24.06.2026 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges jahon chempionati guruh bosqichida Oʻzbekistonga qarshi oʻyin (5:0) paytida yulduz futbolchini oʻzgacha tarzda qoʻllab-quvvatladi. 

Model oʻzining instagramdagi sahifasida uy sharoitida tushirilgan suratni joylashtirdi. Rasmda u Portugaliya terma jamoasining afsonaviy yettinchi raqamli formasini kiygan holda, orqa fonda esa oʻyin namoyish etilayotgan televizor aks etgan.

Jorjina suratni qisqa va loʻnda tarzda «Match day» deb izoh qoldirdi va bir necha qizil yurak shaklidagi smayllar qoʻshdi.

Bunday ruhiy qoʻllab-quvvatlash Ronalduga maydonda ham kuch bagʻishlaganga oʻxshaydi. Portugaliya – Oʻzbekiston uchrashuvi 5:0 hisobida yakunlandi. Krishtianu Ronaldo dublga erishib, tarixda ketma-ket olti jahon chempionatida gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!