Joshua Fyurini nokaut qila oladimi?

  • 12 iyun, 2024, 22:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

To‘rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik kichik Roy Jons britaniyalik og‘ir vazn toifasidagi Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

Tecno

“Joshua Fyurini nokautga uchrata oladimi? Hamma shunday o‘ylaydi. Lekin bir jihat borki, odamlar buni tushunmaydi.

Fyuri etti marta yiqildi, lekin u doim o‘rnidan turdi. Hatto dunyodagi eng qiyin nokautchi Deontey Uaylder ham uni ikki marta yiqitdi va u ikki marta o‘rnidan turdi. Nima deb o‘ylaysiz, u Joshua tomonidan yiqitilgandan keyin o‘rnidan turmaydi? Bu sodir bo‘ladi deb o‘ylamayman”, - dedi Jons so‘zlarini keltirgan Betaway nashriga bergan intervyusida.

Mart oyi boshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Joshua kamerunlik MMA yulduzi Frensis Ngannuni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. Fyuri esa o‘tgan oy ukrainalik Aleksandr Usikka ochkolar bo‘yicha yutqazib, faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!