
Joshuani APLda kutishmoqda
"Bavariya" hujumchisi Joshua Zirkze mavsumning ikkinchi yarmini Angliya Premer-ligasida o‘tkazishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, forvard xizmatlarini "Everton" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar rahbariyati 19 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.
Zirkze joriy mavsumda "qizillar" safida barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Niderlandiyalik hujumchi "Bavariya" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning transferi 9 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar