Jota va Koshta vafotidan so‘ng davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Diogo Jota va Jorje Koshta vafotidan so‘ng Portugaliyada davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mamlakat bosh vaziri Luish Montenegru Jota va Koshtaga "Sport sohasidagi xizmatlari uchun" faxriy unvoni taqdim etdi.
"Liverpul" hujumchisi Diogo Jota va uning Portugaliya ikkinchi ligasidagi "Penafiel" jamoasida o‘ynagan ukasi Andre Teysheyra da Silva 3 iyul kuni Ispaniyada yuz bergan avtohalokatda vafot etdi. "Portu"ning sobiq himoyachisi Jorje Koshta esa 5 avgust kuni yurak xuruji sababli bu dunyoni tark etdi.

Fikrlar