Joze Mourino: Skoulz faqat tanqid qilyapti

  • 2 yanvar, 2018, 13:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino klubning sobiq a’zosi Pol Skoulzning Pol Pogbani tanqid qilganiga o‘z munosabatini bildirdi.

“Menimcha, Pol Skoulz faqat tanqid qilyapti. U sharhlamayapti, tanqid qilyapti. Bu ikki xil narsa. U ajoyib futbolchi bo‘lgan, ammo hamma u kabi bo‘lishi kerak degani emas. Pogba imkoni boricha harakat qilyapti — ba’zida uning o‘yini yaxshi bo‘ladi, ba’zida o‘xshamaydi.

Pogba Skoulzdan ko‘proq pul topayotgani uning aybi emas. Shunchaki futbol hozir shunaqa. Skouzl afsonaviy futbolchi sifatida tarixda qoladi, ammo sharhlovchi sifatida emas”, – deya tanqidlarga javob qaytardi Skoulz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!