
Juftlik bahslari ham yakunlandi
Xorvatiyalik Ivan Dodig va slovakiyalik Filipp Polashek London shahrida o‘tayotgan Yakuniy turnirning guruh bosqichida g‘alaba qozondi.
Ivan va Filipp guruh bosqichining so‘nggi bahsida JAR vakili Raven Klaasen va yangizelandiyalik Maykl Vinus bilan kuch sinashib, 7:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, bir g‘alaba ikki mag‘lubiyat bilan Dodiga va Polashek guruh bosqichini yakunladi. Klaasen hamda Vinus esa mazkur bosqichda ikki g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan yarim finalga chiqdi.
Fikrlar