"Junior European Cup 2025" turniri. Musobaqaning birinchi kunida 5 ta medalni qo‘lga kiritdik

  • 13 iyul, 11:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Vengriyaning Paksh shahri dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Evropa kubogiga mezbonlik qilmoqda. 

Tecno

Dunyoning 5 qit’asi 38 davlatidan kelgan 500 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashayotgan "Paks Junior European Cup 2025" musobaqasida Kamol Murodov va Diyorbek O‘razboev murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari tatamiga chiqishyapti. 

Nufuzli musobaqaning birinchi kuni dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi. -66 kg vaznda kurashgan Dilshodbek Hamroev "Paks Junior European Cup 2025" chempioniga aylandi. U o‘tgan hafta Chexiyaning Praga shahrida o‘tkazilgan Evropa kubogida ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi. 

Finalga qadar mag‘lubiyatsiz etib kelgan Xurshida Razzoqberdieva (-70 kg) va Umida Nig‘matova (+78 kg) kumush medal bilan taqdirlanishdi. Asadbek Misirov (-60 kg) va Muhriddin Ma’rufov (-73 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. 

Birinchi kungi bellashuvlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 32 davlat orasida 3-o‘rinni egallab turibdi. Musobaqada IJF bayrog‘i ostida qatnashayotgan dzyudochilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan birinchi o‘rindan joy olgan. Isroil 2 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan 2-o‘rinni band etgan.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!