
Jyul Kunde PSJning "Barselona"dan kuchli ekanligini tan oldi
Luis Enrike boshqaruvidagi PSJ Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchrashuvida "Barselona"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuvdan so‘ng kataloniyaliklar futbolchisi Jyul Kunde parijliklarning kuchli o‘yin namoyish etganini ta’kidladi.
"PSJ bizdan jismoniy jihatdan kuchliroq edi. Biz xohlaganimizcha bosim qila olmadik. Menimcha, aynan shu narsa etishmadi. Shuni qayd etish kerakki, raqib juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz natijadan bir oz xafamiz, lekin hayron qolmadik. Biz bu jamoaning darajasi yuqori ekanini bilamiz. Ular o‘zlariga ishongan va juda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoa. Ular Chempionlar ligasi g‘olibi ekanini isbotladilar. Qiyin o‘yin bo‘ldi, ammo ular yaxshiroq o‘ynashdi", – dedi frantsiyalik himoyachi.
Ma’lumot uchun, Hansi Flik shogirdlari 2-turdan so‘ng 3 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar