K Liga. Ashurmatovning jamoasida ishlar yaxshi emas

CHERY AUTO

Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 3-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Rustamjon Ashurmatov faoliyat olib boradigan "Gvangju" jamoasi safarda "Sangju Sangmu" bilan kuch sinashdi.

Tecno

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar minimal hisobda zafar quchishdi. Ashurmatov bellashuvni odatdagidek asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakat qildi.

Shu tariqa, "Gvangju"ning g‘alabasiz seriyasi davom etdi. Jamoa 3 o‘yinda birorta ochko jamg‘ara olmadi va turnir jadvalida so‘nggi, 12-o‘rinni egallab turibdi. 

K Liga. 3-tur

"Sangju Sangmu" - "Gvangju" 1:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!