
Kamaru Usman: "Aleks Pereyra Braziliya qiroli, ammo Xalil Rauntri dunyoni larzaga soladigan kuchga ega"
Yarim o‘rta vazn toifasida (77 kg) sobiq UFC chempioni nigeriyalik Kamaru Usman Aleks Pereyra va Xalil Rauntri o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men Xalil Rauntri dunyoni larzaga soladi, deb hisoblayman. U juda kuchli, zarbalari ham ajoyib. Xalilning boshdan kechirgan qiyinchiliklarini inobatga olsak, Pereyrani mag‘lub etish uning faoliyatini yakunlashning ajoyib usuli bo‘ladi. Aleksning yagona ustunligi – butun jang davomida to‘xtovsiz harakat qilishidir. Pereyra Braziliya qiroli, ammo Rauntrida dunyoni dahshatga solish uchun hamma narsa bor”, — deya Kamaruning so‘zlarini keltiradi "Bloody Elbow" portali.
Eslatib o‘tamiz, Xalil Rauntri (13-5-1 N/C) keyingi jangini "UFC 307" turnirida amaldagi chempion Aleks Pereyra(11-2)ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar