Kamaru Usmon: "Bir turnirda 7 ta chempionlik jangini o‘tkazish yaxshi g‘oya emas"
Taniqli MMA ustasi Kamaru Usmon Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turniri haqida gapirdi.
"Ushbu oqshomda olti yoki yettita chempionlik jangi haqida gapirishmoqda. Ammo kim ham ketma-ket yettita titul bahsini ko‘rishni xohlaydi?! Agar ketma-ket to‘rt, besh yoki oltita jang zerikarli bo‘lsa-chi? Menimcha, bu yomon fikr, juda yomon fikr. Rostini aytsam, uchinchi chempionlik jangigacha uxlab qolsam kerak. Jiddiy aytyapman, bu haqiqat", - dedi nigeriyalik.
Eslatib o‘tamiz, Oq Uyda turnir shu yilning yoz faslida o‘tkazilishi reja qilinmoqda.

Fikrlar