
Kamoliddin Murzoev Messi gol urgan o‘yinni stadionda kuzatdi
Frantsiya poytaxti Parij shahrida xalqaro futbolchilar uyushmasining bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda Kamoliddin Murzoev boshchiligidagi O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi ham ishtirok etdi.
Murzoev Parijga qilgan safari chog‘ida fursatdan foydalanib PSJning o‘yinini ham stadionda kuzatdi.
Frantsiya chempionatining 14-turida parijliklar o‘z maydonida “Nant” klubini qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Messi gol urgan o‘yin bo‘yicha Kamoliddin Murzoev taassurotlarini quyidagicha izohladi:
- O‘yin juda ajoyib o‘tdi. Muxlislar o‘ziga xos tarzda muhitni yaratdi va buni stadionda kuzatish yoqimli bo‘ldi. O‘yin tempi va yulduzlarning ijrolari ajoyib bo‘ldi. Bu uchrashuvga biz hamkorlarimiz bilan tashrif buyurdik, - dedi Murzoev.
Fikrlar