Kamoliddin Tojiev: "Raqibimiz kurashuvchan jamoa, ular osonlikcha yengilishmaydi"

  • 22.04.2026 23:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev quyidagicha fikr bildirdi:

"O‘yning qiyin kechishini bilardik. Raqibimiz juda kurashuvchan jamoa, ular osonlikcha yengilishmaydi. Birinchi bo‘limda bir necha vaziyat yaratdik va gol urdik. Tanaffusdan so‘ng mezbonlar to‘pni darhol oldinga yetkazishni boshlashdi. Biz esa himoyada xatosiz harakat qildik. Uchrashuv oxirida himoyaga yana bir o‘yinchi qo‘shdik. Muhim g‘alabaga erishdik, deb o‘ylayman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!