Kamondan otish. O‘zbekiston terma jamoasining Jahon kubogida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum

  • 20 may, 2024, 15:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

21-26 may kunlari Janubiy Koreyaning Ichxon shahrida kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Dunyoning eng kuchli merganlari orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham mazkur musobaqada o‘z omadini sinab ko‘rishadi.

Terma jamoamiz mazkur turnirda ishtirok etish uchun to‘liq tarkibda Koreyaga yo‘l olgan. Musobaqada qatnashadigan sportchilarimiz ro‘yxati quyidagicha:

Erkaklar: Amirxon Sadikov, Yao Yuy Chen, Shohjahon Abdulhamidov, O‘tkir Hoshimov.

Ayollar: Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Jasmina Nurmanova, Omina Ergasheva.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!