
Kanchelskis: Bunday futbolni bog‘chada o‘ynaganman
“Navbahor”ning sobiq ustozi Andrey Kanchelskis Rossiya yoshlar terma jamoasining “Evro-2021”dagi muvaffaqiyatsizligi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu Rossiya tarixdagi eng istiqbolli yoshlar terma jamoasi, deb kim aytdi? Men bunday futbolni bolalar bog‘chasida o‘ynaganman. Evropa chempionatida bunday futbol o‘ynay olmaysiz. Endi men ushbu jamoani buyuk, deb atagan mutaxassislarni tinglashni xohlardim. Masalan, bizda 1990 yilda buyuk yoshlar jamoasi bo‘lgan”, - dedi rossiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Rossiya yoshlar terma jamoasi guruhda Frantsiya, Daniya va Islandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Yakunda esa, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta g‘alaba bilan 3-o‘rinni egalladi. Ushbu guruhdan Daniya va Frantsiya pley-offga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, "Evro-2021"ga Vengriya va Sloveniya yashil maydonlari mezbonlik qilmoqda.
Fikrlar