
"Kanelo - Berlanga" boks oqshomining asosiy kardi bilan tanishing
15 sentabr kuni Las-Vegasda (AQSh) katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Uning asosiy to‘qnashuvida to‘rtta vazn toifasida jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares supero‘rta vazn toifasida (76,2 kg) o‘zining WBC va WBO chempionlik unvonlarini Edgar Berlangaga qarshi himoya qiladi. Quyida kechaning asosiy janglari bilan tanishishingiz mumkin:
Saul Alvares (61-2-2, 39 KO), Meksika — Edgar Berlanga (22-0, 17 KO), AQSh
Erislandi Lara (30-3-3, 18 KO), Kuba – Denni Garsiya (37-3, 21 KO), AQSh
Kaleb Plant (22-2, 13 KO), AQSh – Trevor MakKambi (28-0, 21 KO), AQSh
Rolando Romero (15-2, 13 KO), AQSh – Manuel Jeyms (16-1-1, 11 KO), AQSh
Fikrlar