Kannavaro terma jamoalarda eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylardan biri bo‘ladimi?

  • 04.10.2025 12:47
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda O‘FA ham rasmiy tarzda ma’lum qildi.

"Sport-Ekspress" nashrining xabar berishicha, agar Kannavaro O‘zbekiston bilan shartnoma imzolasa, yiliga taxminan 4 million evro maosh oladi. Shu tariqa Fabio terma jamoalar murabbiylari orasida eng ko‘p maosh oluvchi to‘rtinchi murabbiyga aylanadi.

Quyida eng yuqori maosh oluvchi terma jamoa murabbiylari ro‘yxati bilan tanishing:

1. Karlo Anchelotti — €9.5 mln
 2.Tomas Tuxel — €5.9 mln
 3.Yulian Nagelsmann — €4.9 mln
 4.Fabio Kannavaro va Roberto Martines — €4 mln
 5.Dide Desham — €3.8 mln

Ma’lumot uchun, “oq bo‘rilar” oktyabr oyida Quvayt va Urugvay terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
04/10/2025 14:48
ДИДЬЕ ДИШАМ БИЛАН КАННАВАРО УРТАСИДА ЕР БИЛАН ОСМОНЧА ФАРК БОР УНДАН КУРА ШУ МАБЛАГНИ БЕРСА БИР ЙИЛЛИК ШАРТНОМА БИЛАН ИШСИЗ ЮРГАС ЗИДАН КЕЛАРДИ