
Kantonaning yangi xayoti - 160 kilogrammli politsiyachi
Erik Kantona o‘z vaqtini Parijning Opera kvartallarida aktyor, rejissyor va yozuvchilar orasida o‘tkazishni yoqtirar edi. «Biz hech qachon futbol haqida suhbat qurmas edik. Faqat san’at haqida gaplashardik. Unda boshqalarni tinglash istagi ko‘proq edi», - deya eslaydi uning dramaturg do‘sti Jan-Lui Burdon.
Balki, aynan o‘sha damlarda, san’at haqida cheksiz suhbat qurayotgan Kantona futbol uning butun umrlik yo‘ldoshi emasligini tushunib etgandir. Erik o‘z karerasini 30 yoshida tamomlab, hammani zabonsiz qoldirdi. Mazkur hodisa 1996/97 mavsumidan so‘ng, 15 ta gol va chempionlik unvoniga qaramasdan amalga oshdi.
Frantsuz shunchaki futbolchilik hayotidan charchagan edi. Albatta, Kantona o‘yinni adrenalin va muxlislar sharafi uchun sevardi. Ammo qoidalarga amal qilishga majbur bo‘lganligi («har tong erta uyg‘onish jonimga tegdi») va asab buzar jurnalistlar sababli undan nafratlanardi.
Ilk kino tanqidchilar Kantonani mazax qilishardi: frantsuz gazetasi o‘quvchilardan Erik yoki shimpanze yaxshiroq rol ijro etishi haqida so‘rov olib bordi.
Avvaliga u chuqur depressiyaga tushib qoldi. Futbol Erikka hayotida kerakli bo‘lgan adrenalin miqdorini berar, usiz o‘yinchi zerikib qoldi. U bu dardni engish uchun ota-bobolari yurti – Kataloniyaga bordi. Biroz o‘tgach Kantona bu davr mushkul kechganligini tan oldi: «Men o‘zimni qo‘lga olib kinoni tanlay ololmadim. Meni ishonchsizlik, qo‘rquv va ikkilanish bosib qo‘ygandi. Keyin esa shunchaki bunda o‘zimni sinab ko‘rishim loziligini sezdim».
Parijga sayohati davomida Erik o‘zi uchun boshlang‘ich rollar topdi. Avvaliga u «Elizaveta» (1998) dramasida Keyt Blanshett bilan birga suratga tushdi. Lenta ko‘plab tanqidchilarga ma’qul keldi va bir necha nominatsiya bo‘yicha Oskar oldi, lekin bunda Erikning hech qanday ulushi yo‘q – u epizodik rolda edi xolos. Biroq Keytning Kantona bilan birga rol ijro etgan sahnalari haqidagi yaxshi fikrlari unga yoqimli bonus bo‘la oldi: «U meni butkul o‘ziga rom etdi. Jiddiy va kamgap, u haqiqiy erkakdek ko‘rinar va yangi bo‘lishiga qaramay, yaxshi rol ijro eta oldi».
Kantona baribir to‘liq aktyorlik ta’limiga ega bo‘la olmadi (faqatgina Angliyada o‘tagan kurslar). Erik ilk suratga tushish jarayonlarida shu qadar hayajonlanar ediki, ancha oldin tayyorgarlikni boshlab yuborardi, ba’zida esa startdan yarim yil oldin ishga sho‘ng‘ib ketardi. Aynan o‘sha paytlarda u futbol va kino o‘rtasidagi tafovutni ochib bergan afsonaviy iborasini aytgan edi: «Futbolda sening raqibing bor, kinoda bu raqib – sensan».
Ilk yillarda Kantonaning har qanday roli faqatgina salbiy fikrlar yig‘ar edi. Tanqidchilar ularga faqat avvalgi futbolchiga qaraganday qarar edi va kinoning har bir parchasini tanqid ostiga olar edi. Ba’zida jurnalistlar ochiqdan-ochiq sobiq futbolchini mazax qilishar edi. Uning sherigi bo‘lib shimpanze suratga tushgan «Tentaklar bilan sayohat» (1998) filmi ekranlarga chiqqanida, Le Monde gazetasi Erik va maymunning birgalikdagi suratini gazetaga «Ulardan qay biri yaxshi rol ijro etadi?» yozuvi bilan chiqardi.
Uning o‘rnida boshqasi bo‘lganida aqldan ozish mumkin edi (bundan tashqari o‘sha yillarda «MYu» EChL g‘olibiga aylangandi), ammo Qirol Erik bunday xaqoratlarga e’tibor qaratmas edi: «Mening aktyor bo‘lganligim muhim emas, muhimi – men tavakkalchilikni his etdim va hayotga bo‘lgan muhabbatni qaytarib oldim».
160 kilogrammli politsiyachi rolini ijro etdi, tanqidchilar «sevgisini» qozondi va o‘z muhabbatini topdi.
Erikka bo‘lgan munosabat u asosiy rolni ijro etgan «Ebto‘ymas» (2003) filmi chiqqanidan so‘ng o‘zgardi. Mazkur film asosiy qahramonning ichki kechinmalari ustida qurilgan bo‘lib, u yolg‘izlikdan va ko‘p eyishdan aziyat chekadi va 160 kg gacha vazn yig‘adi. Bu rol uchun Kantona 20 kg vazn orttirgan, biroq bu ebto‘ymasning roli uchun etarli emasdi, shu sababdan grim va qo‘yib olinadigan qorindan foydalanildi. «Ter daryo misol oqar edi, - eslaydi Kantona. – Biroq bu rolni shu qadar ijro etgim kelar ediki, hattoki qurbonlikka rozi edim. Ilk bor menga qo‘yiladigan qorin bilan grim qilib, yuzimga va bo‘ynimga yog‘li qavatlar ulashganda men o‘zimni hatto kreslodan ko‘tara olmadim. Men o‘zimni zinadan ham ko‘tara olmas edim!».
Erik murakkab dramatik rolni ajoyib tarzda ijro etdi va tanqidchilar olqishiga sazovor bo‘ldi. «Kantona yolg‘izlikdan aziyat chekayotgan inson roliga shu qadar kirib ketdiki, bu obrazga yanada ta’sirchanlik bag‘ishlagan», - deb yozadi Parij shahrida joylashgan, bundan ikki yil muqaddam Kantona suratga tushgan filmlarni didsizlikda ayblagan Le Figaro. «Haqiqiy yutuq!» – deya e’lon qildi Libertation.
«Ebto‘ymas»ni suratga olish jarayonida Erik aktrisa Rashida Brakni bilan tanishib qolgan edi. Filmda uning qahramoni Kantonaga o‘zini boricha qabul qilishi, o‘zgarishi va yaxshi insonga aylantirishga yordam berar edi. Ular bir-birlariga oshiq bo‘lishdi va 2007 yilda turmush qurishdi.
«Erik – meni xayratga soladigan yagona yigit, men undan nima kutishimni ham bilmayman», - tan oladi Rashida. Juftlik Parijda istiqomat qiladi, san’atni sevadi va g‘ayriodatiy chiqishlarni xush ko‘radi.
«Erikni izlab» – Kantonaning asosiy filmi: kartinani Kann festivalida nomzodlikka qo‘yishdi, qizil yo‘lakda esa Erik hammadan ko‘p dastxat berdi.
Mazkur filmni 10 marotaba «Oltin palma novdasi»da nomzod bo‘lgan mashhur britan rejissyori Ken Louch suratga oldi. Rejisyorga Erikning tarixi yoqar edi va uning g‘ayrioddiy xarakterini bir umrga xotiralarda saqlab qolish istagida «yonardi».
«Erikni izlab» (2009) lentasida Kantona bosh rolni, ya’ni o‘zini ijro etdi. Syujet bo‘yicha Erik bosh qahramon – xat tashuvchi va «MYu» muxlisiga (uning ham ismi Erik) depressiyaga qarshi kurashishga yordam beradi. Eng yaxshi epizod: Erik va Erikning Kantona karerasidagi haqidagi bahs bo‘lgan:
- «Uimblon»ga qarshi o‘yin. Sen koptokka qarab yugurar eding, uning traektoriyasi, tushish burchagi, shamol tezligini avvaldan hisoblagan eding. Sen o‘ng oyog‘ingni uzatasan, to‘pni havoda tutib olding, u sendan yarim metrga o‘zib ketdi va sen zudlik bilan zarbani amalga oshirding – yozning ideal zarbasi.
- Bu pas edi.
Louch Erikning haqiqiy xarakterini filmda ochib bera oldimi yo‘qmi – noma’lum, biroq haqiqiy fleshbeklarni yodga tushirishi aniq. Bu vaqtda Kantona futbolga qaytishi haqidagi mish-mishlar tarqab ketgan edi: filmning bir sahnasida Erik oyoqlari ostiga to‘p dumalab keladi, u bir necha sekund unga tikilib turib, undan oshib o‘tib ketadi va yo‘lida davom etadi.
Film 2009 yildagi Kann festivalida asosiy sovrin uchun nomzod etib belgilandi. Premeradan so‘ng Kantonani avvalgi futbolchi emas, haqiqiy aktyor sifatida qabul qilishni boshlashdi. Qizil yo‘lakda u hammadan ko‘ra ko‘proq qolib ketdi, sababi hamma undan dasxat olmoqchi edi.
«Erikni izlab» filmidan so‘ng, Erikning aktyorlik faoliyati cho‘qqini zabt etadiganday edi, biroq Louchning filmi u uchun cho‘qqi bo‘lgan edi. Bundan so‘ng u bir qator epizodik rollarni talqin qildi: «Dunyo qirollari» (2015), «Mari va omadsizlar» (2016), «Uliss va Mona» (2018) – bu filmlar nomini hatto Frantsiyada ham bilishmaydi.
Oxirgi yillarda Kantona film bilan birgalikda g‘alati narsalar bilan ham mashg‘ul bo‘ldi. Masalan Frantsiya prezidentligiga nomzodini qo‘yish va bank tizimlarini yo‘q qilish istagida ekanligini bildirdi. Futbolga tamoman qiziqishini yo‘qotdi: uning Parijdagi kvartirasida futbol bilan bog‘liq hech bir narsa yo‘q, intervyulardan avval esa u futbol haqida gapirishni istamasligini bildiradi.
Erikning san’atga bo‘lgan qiziqishi o‘z vaqtida ser Aleksga yoqmas ham edi. Pol Skoulz bir holatni yaxshi eslaydi, o‘shanda shotlandiyalik murabbiy Kantonaga qarab: «Nega esnayapsan? Senga bu erda kino qo‘yib beradi deb o‘ylaganmiding?»
Erik avvalgi sheriklari bilan aloqa qilmaydi: «Hayotda futboldagi kabi yorqin xissiyotlar yo‘q. Real hayotda birga nima ham qila olardik? Kechki payt ko‘rishishimiz, ichishimiz va o‘tmishimizni eslashimiz mumkin. Keyinchi?»
2019 yilga kelib, Kantona 51 ta filmda suratga tushdi va bir necha teatr pessalarida ham rol ijro etdi. Asosan ungi Evropa filmlarida ikkinchi yoki uchinchi darajali roli uchun takliflar tushadi, biroq bu Kantonani xayratga solmaydi. Buyuk futbolchi buyuk aktyor bo‘lolmasada, bu unga ruhiy osudalik bag‘ishladi. «U o‘z o‘rnini futboldan tashqarida topdi. Kantona hech qachon na sahna na ekranda g‘ayritabiiy ko‘rinardi. Aynan qaysi xislati unga nisbatan bir qarashdayoq tezkor yoqtirish xissini uyg‘otishini aytish murakkab. U bu xislatini sahnada ham namoyon qilishiga ishonaman», - deya e’lon qildi Liberation gazetasi tanqidchisi.
Kantona yaratuvchi kabi hayot kechirishni istardi va bunga erishdi. U qo‘rqadigan yagona narsa – o‘lim. Uzoq avia sayohat yoki mashinadagi sayohatdan avval o‘zining o‘limi haqida ko‘p hayol suradi. Bu holat uchun uning yonida istaklari ro‘yxati mavjud fleshka bor. Fleshkani xotini saqlaydi – uning o‘limidan so‘ng Rashida ularni bajarishga harakat qiladi.
“Men unga: «Men eng yaxshi olamga o‘zim erisha olmagan narsalarga, boshqa inson erishisini bilib ketgim keladi», deyman, - har doimgidek fikrlaydi Kantona. – Men doim, sen qanday yashashing emas, balki insonlar seni qanday xotiralashi muhim deb o‘ylardim”.
Fikrlar