Karantin kuchaytirilmoqda. Futbol uchrashuvlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladimi? Bu savolga PFL rahbari javob berdi

  • 17 aprel, 2021, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 18 apreldan boshlab, mamlakatimizda karantin choralari kuchaytiriladi. Jumladan, ko‘plab sohalar bo‘yicha cheklovlar o‘rnatiladi.

Tecno

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev ushbu karantin choralarining kuchaytirilishi ortidan o‘tgan yili pandemiya sharoitida musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan reglament talablari yana qaytishini ma’lum qildi.

“Karantin qoidalari endi yanada qat’iylashtirildi. Pandemiya sharoitida musobaqalar o‘tkazish uchun biz bir yil avval alohida Reglament ishlab chiqqandik. Endilikda undagi talablar yana qaytadi.

Har bir muxlis stadionga maska bilan tashrif buyurishi, muxlislar stadionlarga kirayotganda ularning tana harorati o‘lchanishi, shuningdek, muxlislar stadionda ijtimoiy masofa saqlab o‘tirishi shart. Futbol muxlislarining keyinchalik ham futbol uchrashuvlarini stadionlardan tomosha qilishlarida bu muhim ahamiyat kasb etadi.

Shundan kelib chiqib, har bir muxlis karantin qoidalariga amal qilishi va o‘z-o‘zi uchun javob berib, o‘zining va boshqalarning xavfsizligi uchun qayg‘urishini, masalaga jiddiy yondashishini so‘raymiz. Karantin qoidalariga rioya qilmaydigan va uning talablarini qo‘pol ravishda buzadigan klub yoki stadion uy uchrashuvlarini o‘tkazishdan mahrum etilishi ham mumkin. Hozir biz hammamiz o‘zimizni eng yaxshi tarafdan ko‘rsatadigan vaqt. Sizning qanday ekaningiz kamera orqali namoyon bo‘ladi”, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!